Acajoom Subscriber Module

Saytimizni shu bolimi,xabarnomaga obuna bo'lish uchun yaratilgan.Siz ham bizni xabarnomamizga obuna bolishingiz mumkin.



PDF Print E-mail
Written by Hidoyat Tahririyat Guruhi   

Shuayb (a.s) ning qissalari

Biz sizlarga aytib bergan qissalarimiz Alloh Taolo Qur'on Karimda hikoya qilgan payg'ambarlar qissalarining barchasi emasdir. Qur'on Karimda bulardan boshqa qissalar ham bor.

Qur'on Karimda Alloh Taolo Мadyanga va Ayka ashoblariga yuborgan Shuayb (a.s) ning qissasi bor. Мadyan va Ayka ashoblari Qizil dengiz sohilida joylashgan bo'lishib Yaman va Shom, Iroq va Мisr o'rtasida katta savdogarchilik bilan shug'ullanar edilar.

Ular, har bir zamondagi payg'ambarlarning ummatlari kabi, Alloh Taologa boshqani sherik qilar edilar. Ular bundan tashqari, tarozi va o'lchovda “urib” qolishar, qaroqchilik qilishar, karvonlarga hujumlar uyushtirib, hisob berish va jazolanishdan qo'rqmaydigan kuchlilar va boylar kabi Yer yuzida buzg'unchilik qilishardi.

Alloh Taolo payg'ambari Shuayb (a.s) ni da'vat qilishi, ogohlantirishi va: Ey qavmim, Allohga ibodat qilingiz! Sizlar uchun Undan o'zga biron iloh yo'qdir. Вa o'lchov va tarozidan urib qolmanglar. Men sizlarning yaxshilikda (ya'ni to'kin-sochinlikda) ekanligingizni ko'rib turibman. Men (agar iymon keltirmasangizlar) sizlarning ustingizga o'rab oluvchi Kun — Qiyomatning azobi tushishidan qo'rqaman». Ey qavmim, o'lchov va tarozini adolat bilan to'la tortingiz! Оdamlarning narsalarini urib qolmangiz va Yerda buzg'unchilik qilib yurmangiz!» (Hud: 84,85) — Deb aytishi uchun ularga yubordi.

Shuayb (a.s)ning da'vati

Shuayb (a.s) ularga sodda tilda gapirar va qalblariga o'rnashgan mol-mulk va dunyo jamg'arish hirsini yo'qotishga tirishar va shunday der edi:

Tarozi va o'lchovni to'la qilib o'lchagandan keyin topgan foydangiz siz uchun odamlarning mollarini zulm va xiyonat bilan olishingizdan ko'ra yaxshiroqdir. Agar boyigan odamlarning va o'zingizning hayotingizga nazar tashlasangiz, o'lchovlardan urish, xiyonat qilish va baxillik bilan topilgan dunyoning oqibati zoelik, buzilish, bekordan yo'q bo'lib ketish bo'lganini bilasiz: u mollar yo o'g'irlangan, yo Alloh rozi bo'lmaydigan o'rinlarga sarf qilingan, yo talon-taroj qilingan, yo Alloh Taolo uni isrof qiladigan va yo'qotib yuboradigan boshqa bir odamning qo'liga tushirib qo'ygan. Ozgina foydali narsa, ko'pgina foydasiz narsadan yaxshiroqdir: (Ey Мuhammad sollallohu alayhi va sallam), ayting: «Garchi nopok narsaning ko'pligi sizni qiziqtirsa ham, nopok narsa pok narsaga barobar bo'lmas. » (Мoida: 100)

Sizlarga qilayotgan nasihatim samimiydir. Men sizlarga tekshiruvchi qilib yuborilgan emasman, Allohgina sizlarni tekshirib turadi Shuayb (a.s) muloyimlik, ilm va hikmat ila:

«Agar mo'min bo'lsangizlar (harom—harish yo'llar bilan boy-badavlat bo'lgandan ko'ra) Alloh qoldirgan (halol) narsa sizlar uchun yaxshiroqdir. Men sizlarning ustingizda tekshiruvchi emasman». — dedi.

Rahmdil ota va dono muallim

Shuayb (a.s) ularga mehribon ota va dono muallim kabi xilma-xil xitob va turfa nasihatlar qilib, shunday der edi:

Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar! Sizlar uchun Undan o'zga biron iloh yo'qdir. Sizlarga Robbingiz tarafidan hujjat (ya'ni din) keldi. O'lchov va tarozini komil qilib (tortinglar) va odamlarning haqlaridan urib qolmanglar hamda Yer (payg'ambarlar yuborish bilan) o'nglab qo'yilganidan keyin, unda (kofirlik bilan) buzg'unchilik qilib yurmanglar. Agar mo'min bo'lsangizlar, mana shu o'zlaringiz uchun yaxshiroqdir. Har ko'chada (kishilarni) qo'rqitib va Allohga iymon keltirgan zotlarni Uning yo'lidan to'sib hamda u yo'lni buzishga harakat qilib o'tirmangiz! Оzchilik (ya'ni kuch-quvvatsiz, nochor) bo'lgan paytingizda sizlarni ko'paytirganini (ya'ni kuch-qudratli, aziz qilganini) eslang va buzg'unchi kimsalarning oqibati (qismati) qanday bo'lganini ko'ring.»

Qavmining javobi

Qavmi ichidagi zukko odamlar bu da'vatni izohlamoqchi bo'ldilar va xuddi sirni ochgandek, yoki muammoni hal qilgandek, telbalarcha va masxaraomuz qilib dedilar:

Ey Shuayb (a.s), bizlar ota-bobolarimiz ibodat qilib kelayotgan butlarni tark qilishimiz kerakligini yoki o'z mol-mulkimizni o'zimiz xohlagandek tasarruf qilmasligimiz kerakligini senga o'qiyotgan namozing buyurmoqdami? Haqiqatan, sen juda ko'ngilchan va haliym va rashid (to'g'ri yo'lni topib olgan) kishisanda! » (Hud: 87)

Shuayb (a.s) da'vatini sharhlaydi

Shuayb (a.s) ularga nisbatan muloyim muomalada bo'ldi: ularga qattiqqo'llik ham, g'azab ham qilmadi. Balki, uzoq sukunat va ularning buzuq axloqlari va sitamli harakatlariga qarshi bo'lmay yurib, keyinchalik bunday da'vatga uni majbur qilgan narsa, Alloh Taoloning unga payg'ambarlikni, vahiyni berishi, qalbini keng qilishi va nur ato etishi ekanini ularga tushuntirdi.

Meni bunga hasad majbur qilmadi. Zotan, Alloh Taolo meni bunday narsalardan behojat qildi va menga pok va halol narsalari rizq qilib berdi. Men bu narsalar bilan baxtiyor, xotirjam hamda Alloh Taologa qalbim va tilim bilan shukrona aytaman.

Shuayb (a.s) bir ishni qilib, qavmini undan qaytarmas, ularni bir ishdan man qilib o'zi o'sha ishni qilmas edi. U odamlarni yaxshilikka buyurib, o'zlarini unutadigan, qilmaydigan narsalarini gapiradigan odamlardan emas edi. Balki, u qavmining islohi, baxt-saodati va boshlari uzra aylanib yurgan azobdan qutqarmoqchi edi. U bu marhamatlarning barchasi Allohdan ekani va Ungagina suyanajagini bayon qilib shunday dedi:

Ey qavmim, xabar beringizchi, agar men Robbim tomonidan aniq hujjatga ega bo'lsam va U zot meni O'z tomonidan go'zal rizq bilan rizqlantirgan bo'lsa (shu halol rizqni haromga aralashtirishim kerakmi?!) Men sizlarga xilof qilib, sizlarni qaytarayotgan narsani (ya'ni, halolni haromga aralashtirishni) o'zim qilishni istamayman. Men faqat imkonim boricha isloh qilishni istayman, xolos. (Bunga) yolg'iz Allohning yordami bilangina muvaffaq bo'laman. O'ziga suyandim va O'ziga iltijo qilaman». (Hud: 88)

Sen aytayotgan narsalarning ko'pini tushunmayapmiz

Qavm Shuayb (a.s) ning so'zlarini tushunmaslikka oldi. Go'yo Shuayb (a.s) ularga ajnabiy tilda gapirayotgandek edi. Holbuki, u qavmi bilan yurtdosh va bir millatdan edi. Go'yo Shuayb (a.s) ularga ochiq, tushunarli qilib gapirmayotgan edi. Holbuki, u qavmning eng chechani edi. Odamlarga nasihat va talab qilingan ish og'irlik qilsa, ular shunday holatga tushib qoladilar.

Shuayb (a.s) qavmidan hayratlandi

Qavm Shuayb (a.s) ning tanholigi va zaifligini sabab qildilar. Agar uning qarindoshlari va yaqinlari bo'lmasa edi, uni toshbo'ron qilib o'ldirib, undan qutulishar edi. Shuayb (a.s) bu ishlardan hayratlandi va Aziz, Kuchli, Ғolib va Qudratli Alloh Taolo ularga kasallik, ojizlik, zaiflik va halokatga mubtalo bo'ladigan qarindoshlardan ko'ra qadrsizroq bo'lishidan taajjublandi.

Ular aytdilar: Ey Shuayb (a.s), sen aytayotgan narsalarning ko'pini anglay olmayapmiz va oramizdagi ojiz bir kimsa ekaningni ko'rib turibmiz. Agar qavmu qarindoshlaring bo'lmaganida albatta seni toshbo'ron qilgan bo'lardik. Sen bizlar uchun aziz — mo''tabar kishi emassan». U aytdi: Ey qavmim, mening qavmu qarindoshlarim sizlar uchun Allohdan ham azizroqmiki, U zotga orqa o'girib oldingiz? (Ya'ni sizlar mening qavmu qarindoshimni emas, balki Allohni hurmat qilishingiz lozim emasmi?) Shubhasiz, Parvardigorim qilayotgan amallaringizni bilib — ihota qilib turuvchidir» (Hud: 91,92)

So'nggi chora

Qavm hujjatlari qolmaganidan so'ng har bir ummatning ichidagi mutakabbirlar payg'ambarlari va uning izdoshlariga otadigan so'nggi o'qni otdilar: « (Shunda) uning qavmidan bo'lgan mutakabbir kimsalar: Ey Shuayb (a.s), yo seni va sen bilan birga iymon keltirgan kishi¬larni qishlog'imizdan haydab chiqaramiz, yoki sizlar bizning dinimizga qaytasizlar», deyishdi. (A'rof: 88)

Qat'iy hujjat

Shuayb (a.s)ning javobi dini bilan faxrlanadigan, e'tiqodi va vijdoniga hamiyatli bo'lgan odamning javobi bo'ldi:

U aytdi: «Agar (diningizni) yomon ko'rsak ham-a? Agar Alloh bizga o'sha diningizdan najot berganidan keyin yana unga qaytsak, Alloh sha'niga yolg'on to'qigan bo'lamiz-ku? (Ya'ni aslida bo'lmagan narsalarni Allohga sherik qilgan bo'lamiz-ku?) Biz uchun u dinga qaytish joiz emas, magar Parvardigorimiz — Alloh (bizni yo'ldan ozdirishni) xohlasagina (qaytishimiz mumkin). Parvardigorimizning ilmi hamma narsani qamrab olgandir. Allohning O'ziga tavakkul qildik (suyandik). Parvardigoro, biz bilan qavmimiz o'rtasida haq hukm qilgaysan. O'zing hukm qiluvchilarning yaxshirog'idirsan». (A'rof: 88, 89)

Qavm avvalgilarning so'zlarini aytdilar

Bu ham qavmga foyda bermadi. Balki, ular avvalgilar kabi dedilar:

«Hech shak-shubhasiz sen sehrlangan — aqldan ozgan kimsalardansan. Sen ham xuddi bizlarga o'xshagan odamsan. Albatta bizlar seni yolg'onchi kimsalardan deb gumon qilamiz. Agar rostgo'ylardan bo'lsang, ustimizga osmondan bir bo'lagini tashlab yubor! » (Shuaro: 185-187)

Payg'ambarining so'zlarini rad etgan qavmning oqibati

Oqibat — payg'ambarlarini rad etgan va Allohning ne'matlariga nonko'rlik qilgan barcha ummatlarning oqibati kabi bo'ldi.

«Ularni dahshatli zilzila tutib, turgan joylarida to'kildilar (halok bo'ldilar). Shuayb (a.s) ni yolg'onchi qilgan kimsalar go'yo u erda yashamagandek bo'lib qoldilar. Shuayb (a.s) ni yolg'onchi qilgan kimsalar aniq ziyon ko'ruvchi bo'ldilar. (A'rof: 91,92)

Risolatni yetkazdi va omonatni ado etdi

Shuayb (a.s) ham boshqa payg'ambarlar kabi Allohning risolatini yetkazdi, omonatni ado etdi va hujjatni barpo qildi:

Keyin (Shuayb (a.s)) ulardan yuz o'girib, (o'zicha) dedi: Ey qavmim, mana, men Robbimning dinini sizlarga yyetkazdim va nasihatlar qildim. Endi shuncha va'z-nasihatlardan keyin ham kofir (bo'lgan) qavmga qanday qayg'ururman

Комментарии (0)

RSS feed Comments

Написать комментарий

smaller | bigger

busy
 

 

 

 

Copyright © 2010 Hidoyat control managment! Inc. All rights reserved. Barcha ma'lumotlar "Hidoyat Tahririyati" ostida nazoratiga kiradi.