Acajoom Subscriber Module
|
|
|
| Written by Hidoyat Tahririyat Guruhi | |||||||||||||||||||||||||||
Yunus (a.s) ning qissasi Yunus (a.s) ning qissasi Allohning qudrati, bandalariga bo'lgan lutfi karami, barcha narsalardan umid uzilib, noumidlik va zulmat qamrab olganda, barcha eshiklar yopilib, nur, havo va umid qolmay, o'lim har tarafdan qisib kelgan bir paytda Uning bandalariga yordam bershi va rahmli ilohiy kuch va qudrat namoyon bo'lib, zaif insonni o'lishi muqarrar bo'lib turgan arslonning og'zidan ham chiqarishi, inson xuddi o'z uyida, bola-chaqasi bilan ko'rpasiga o'ranib yotgandek parchalanmay, salomat chiqib kelishini isbotlash maqomida, Ayyub (a.s)ning qissasiga bog'lanib keladi.
Yunus (a.s) qavmi o'rtasida Yunus (a.s)ning qissasi quyidagicha: uni Alloh Taolo «Neynavo» ismli shaharga payg'ambar qilib yubordi. U qavmini Alloh Taoloning yo'liga da'vat etdi. Lekin ular bu da'vatdan bosh tortib, kufrlarida davom etdilar. Bundan achchiqlangan Yunus (a.s) qavmidan ajralib ketdi va uch kundan so'ng azob keladi deb xabar berdi. Оdamlar bunga aniq ishonganlari uchun, bola-chaqalari va hayvonlarini sahroga olib chiqdilar. Ular onalar bilan bolalar o'rtasini ajratishib, Alloh Taologa yurakdan yalinib yolborib duo qildilar. Hatto tuyayu-bo'taloqlar o'kirdilar, sigiru-buzoqlar va qo'yu-qo'zichoqlar ma'radilar. Bu iltijoning natijasida, Alloh Taolo ulardan azobni qatardi. Alloh Taolo dedi: «Qani endi (biz halok qilgan shaharlar ichida) biron shahar (ahli o'z payg'ambarlari aytgan azob¬ni sezgan vaqtlarida) iymon keltirsalar edi, albatta iymonlari foyda qilgan (ya'ni, halok bo'lmagan) bo'lar edi. Faqat Yunus (a.s) qavmigina (shunday qildi). Iymon keltirishgach, ulardan hayoti dunyodagi sharmandalik azobini kyyetkazdik va ularni ma'lum bir vaqtgacha (ya'ni o'z ajallari bilan vafot etgunlaricha) foydalantirdik.» (Yunus : 98)
Yunus (a.s) nahang qornida Yunus (a.s) esa ketib qoldi va ba'zi odamlar bilan birga kemaga mindi. Ular dengizda borishar ekan, kema suvga bota boshladi. Kemadagilar g'arq bo'lishdan qo'rqib, yuklarni yengillatish maqsadida yo'lovchilardan birini dengizga tashlash uchun qur'a tashladilar. Qur'a Yunus (a.s) ga chiqdi, biroq, kemadagilar bunga rozi bo'lmadilar, chunki ular Yunus (a.s) payg'ambar ekanini bilishardi. Ikkinchi, uchinchi marta qur'a tashladilar. Qur'a yana Yunus (a.s)ga chiqdi. Ular Yunus (a.s)ni dengizga tashlashga rozi bo'lmadilar. Alloh Taolo: (Kemadagilar bilan) qur'a tashlashib mag'lub bo'lgach, (uni dengizga uloqtirdilar).— dedi. Shunda Yunus (a.s) kiyimlarini echib, o'zini dengizga tashladi. Alloh Taolo bir nahang baliq(kit)ni u tomon yubordi. Nahang dengiz to'lqinlarini yorib keldi-da, Yunus (a.s)ni yutib yubordi. Alloh Taolo nahangqa Yunus (a.s)ni go'shtlarini hazm qilmaslik va suyaklarini parchalamaslikni vahiy qildi.
Alloh Yunus (a.s)ning duosini ijobat qildi Yunus (a.s) kechaning qorong'iligi ichida, dengiz zulmatining ichidagi nahang qornining zulmati ichida — bir-birini qoplagan zulmatlar ichida edi. U yer naqadar qorong'i edi-ya!! U erda odamning sog' qolishi mumkin emas edi!! Yunus (a.s) Alloh xohlagan muddat davomida nahang qornida qoldi va Alloh Taolo uni zulmatlarni parchalaydigan, yetti qat Оsmonning ustidan rahmatlarni yog'diradigan va musibatlarni ketkazadigan so'zlarga ilhomlantirdi. Siz barcha musibatlangan, iztirobga tushgan, Yer keng bo'lishiga qaramay uning uchun tor bo'lgan, joni qiynalib ketgan va panoh Alloh Taolodangina ekanini aniq bilgan kishilar uchun tasalli bo'lgan ushbu misli yo'q g'aroyib qissani Qur'on Karim qanday hikoya qilganini tinglang: «Zunnun — Yunus (a.s)ning (qavmidan) g'azablangan holda (o'z qishlog'idan chiqib) ketib, Biz haqimizda uni tek tashlab qo'yishimizni o'ylagan paytini (eslang), so'ng (Biz uni nahang qorniga tashlaganimizdan keyin) qorong'u zulmatlarda turib: «Hech barhaq iloh yo'q, magar O'zing Haqdirsan, Ey pok Parvardigor, darhaqiqat men (o'z jonimga) jabr qiluvchilardan bo'lib qoldim», deb nido qilgan (paytini eslang). Biz uning (duosini) ijobat qildik va uni g'am-g'ussadan qutqardik. Biz mo'minlarga mana shunday najot berurmiz.» (Anbiyo: 87,88)
|
|||||||||||||||||||||||||||

















