Acajoom Subscriber Module
|
|
|
| Written by Hidoyat Tahririyat Guruhi | |||||||||||
Ayyub (a.s) va Yunus (a.s) alayhimassalomlarning qissalari
Ayyub (a.s)ning qissasi farqli qissadir Ayyub (a.s) ning qissasi Qur'on Karimda o'ziga xos farqli qissadir. U qissa Alloh ne'matlarining sabrli, shukronlar keltirgan mo'min bandalari va Sevimli payg'ambarlarida ko'rinish qissasidir. Ayyub (a.s)ning hisobsiz molu qo'ylari, tuyalari, erlari va sevimli farzandlari bor edi. Ayyub (a.s) shu narsalarda sinaldi va ularning hammasi qo'lidan ketdi. Keyinroq esa badanida sinaldi: tanasida Allohni zikr qiladigan tili va qalbidan boshqa barcha a'zolari kasallandi. U shaharning bir chetida yakkalandi. Ёnida unga mehribonlik qiladigan xotinidan boshqa kimsa qolmadi. Ayoli ham muhtoj bo'lgani uchun birovlarning xizmatlarini qilish uchun ketar edi. Ayyub (a.s)ning sabri Shunday bo'lishiga qaramay Ayyub (a.s) qanoatli, shukronali bo'lib, tili zikru shukr bilan mashg'ul, shikoyat va g'azab qilmas edi. U uzoq yillar shu ahvolda ,baloga sabr qilib qolib ketdi. Мashaqqat ustiga mashaqqat Alloh iroda qilgan sinov, maqomlarning yuksalishi va qazoga rozi bo'lish nihoyasiga etgach, Alloh uni ojizligi, musibati, panoh Allohdangina ekani, Allohgina barcha narsaga qodirligini ifodalagan maqbul duoni qilishga ilhomlantirdi. Alloh Taolo bu duodan so'ng uning badaniga, oilasiga ofiyat berdi, molu dunyosini qaytardi so'ng baraka ato etdi. Uning qo'l ostidagi mulki bitmas-tuganmas darajada ko'paydi. Alloh Taolo dedi: «(Ey Мuhammad)... Ayyub (a.s)ning Parvardigoriga nido qilib: «(Parvardigorim), meni balo ushladi. O'zing rahm-shafqat qiluvchilarning rahmlirog'idirsan», deb iltijo qilgan paytini (eslang). Biz uning (duosini) qabul qilib, undagi ziyon-zahmatni kyyetkazdik hamda O'z huzurimizdan mehribonlik ko'rsatib, barcha ibodat qiluvchilarga eslatma-ibrat bo'lsin, deb (Ayyub (a.s)ga) ahli-oilasini va ular bilan qo'shib yana o'shalarning mislicha bola-chaqa ato etdik. (Anbiyo: 83,84)
|
|||||||||||














