Acajoom Subscriber Module
|
|
|
| Written by Hidoyat Tahririyat Guruhi | |||||||||||||
Aziz o’quvchi! Bu dunyoga kelgan kunimizdan boshlab biz imtihonu sinovlar girdobiga tashlangan bo'ldik. Agar Alloh bizga mol-davlat ato etgan bo'lsa, bilingki, biz sinovlar ummonidabiz. Agar sihat-salomatlik ato etgan bo'lsa, bilingki, yana imtihondamiz. Agar Alloh bizni shak-shubhalar va tangliklarga duchor etgan bo'lsa, bilingki, bu ham bir imtihon. Bir so’z bilan aytganda, qanday sharoitda bo’lishimizdan qat’iy nazar, doimo sinovdamiz. «Biz sizlarni (sabr-toqatlaringizni sinash uchun) yomonlik bilan ham, (shukr qilishingizni bilish uchun) yaxshilik bilan ham «sinab» imtihon qilurmiz» (Anbiyo: 35). Bu dunyo imtihon hovlisidir, sinovlar ummonidir. U abadiy o'rnashish hovlisi emas, yo'qlik va zavolga yuz tutish hovlisidir. Alloh Taolo aytadi: «Bilinglarki, bu hayoti dunyo faqat (bir nafaslik) o'yin-kulgi, zeb-ziynat, o'rtalaringizdagi o'zaro maqtanish va mol-dunyo hamda farzandlarni ko'paytirishdir, xolos. (U) xuddi bir yomg'irga o'xsharki, uning (yog'ishi sababli unib chiqqan) o't-o'lani dehqonlarni xayratga solib (aqllarini band qilib qo'yur). So'ngra u qurir, bas uni sarg'aygan holda ko'rurbiz. So'ngra u quruq cho'p bo'lib qolur. (Hayoti dunyoning holi ham shundan o'zga emasdir). Оxiratda esa (o'sha to'rt kunlik dunyoga aldanib qolganlar uchun) qattiq azob va (iymon-e'tiqod bilan o'tganlar uchun) Alloh tomonidan mag'firat va rizolik bordir. Hayoti dunyo esa faqat aldovchi matodir» (Hadid: 20). Alloh Taoloning ushbu hovlidagi hukmi shudir. Dunyo hayoti har qancha uzun bo'lmasin, baribir qisqadir, har qancha ulkan bo'lmasin, baribir haqirdir. Zotan, tun har qancha uzoq davom etmasin, tong otishi aniq, umr har qancha uzoq bo'lmasin, qabrga kirishdan boshqa chora yo'q.. Alloh Taolo aytadi: Ey inson, nima seni ulug' Parvardigoring haqida (Unga ibodat qilmasang ham bo'laveradi, deb) aldab qo'ydi?! U seni yaratib, so'ng (barcha a'zolaringni) tiklab, so'ng (qomatingni ham) raso qilib, qo'ygan zot-ku! U seni O'zi qay suratni xohlagan bo'lsa (o'sha surat — shaklda) tarkib toptirdi — yaratdi-ku!» (Infitor: 6-8). «Тoki qachon ulardan (ya'ni kofirlardan) biriga o'lim kelganida: «Parvardigor, meni (yana hayotga) qaytaringlar. Shoyad, men qolgan umrimda yaxshi amal qilsam», deb qolur. Yo'q! (U aslo hayotga qaytarilmas). Darhaqiqat bu (har bir jon berayotgan kofir) aytadigan so'zdir. Ularning ortida to qayta tiriladigan kunlarigacha (dunyoga qaytishlaridan to'sib turadigan) bir to'siq bo'lur» (Мu'minun: 99-100). Ha, aziz do'stim, , dunyo sinov va imtihon hovlisi deb?! «(Ey Мuhammad sollallohu alayhi va sallam, odamlarga) hayoti dunyo misolini keltiring, (U) xuddi bir suv kabidirki, Biz osmondan yog'dirib (avval — kishi hayotining bahorida) u sababli zamin nabototi (bir-biriga) aralashib-chirmashib ketur, so'ngra (hayot kuzi kelgach) shamollar uchirib ketadigan xas-xashakka aylanib qolur. Alloh hamma narsaga qodir bo'lgan zotdir. Мol-mulk, bola-chaqa shu hayoti dunyo ziynatidir. Parvardigoringiz nazdida esa (abadiy) qoluvchi yaxshi amallar savobliroq va orzuliroq (orzu qilishga arzirliroqdir)» (Kahf: 45-46). Luqmon hakim farzandiga dedi: Ey farzandim! Sen dunyoga kelgan kuningdan boshlab, dunyoni ortingda qoldirib, oxirat sari yurib bormoqdasan.. Sen o'zing yaqinlashib borayotgan hovliga uzoqlashib borayotganing hovlidan ko'ra yaqinroqsan.. Shunday ekan, oxiratga qarab sinovlar ummonidan muvaffaqiyat bilan dadil qadam tashlaylik!
Gunoh va ma'siyatlarning xatari Alloh Taolo O'zi insonni yaratgani uchun ham uning zaifligini, muhtojligini bilgani uchun, uning dunyo va oxiratda saodatga eltuvchi qonun-qoidalarni ishlab chiqishga qodir emasligini bilgani uchun ham, uning baxt-saodatiga kafil bo'luvchi yo’l (dastur)ni ham Uning O'zi taqdim etdi: «Sizlarga Men tarafdan hidoyat kelganida kim Mening hidoyatimga ergashsa, yo'ldan ozmas va baxtbiz bo'lmas. Kim Mening eslatmamdan yuz o'girsa, albatta uning uchun tang – baxtbiz hayot bo'lur va Biz uni qiyomat kunida ko'r holda tiriltirurmiz». U: «Parvardigorim, nega meni ko'r qilib tiriltirding, axir ko'rar edim-ku», degan edi, (Alloh) aytdi: «Shunday. Senga Bizning oyat-mo''jizalarimiz kelganida ularni unutding. Bugun sen ham ana shunday «unutilursan». Haddan oshgan va Parvardigorining oyatlariga iymon keltirmagan kimsalarni mana shunday jazolarmiz. Оxirat azobi esa shak-shubhabiz qattiqroq va uzunroqdir» (Тoha: 123-127). Alloh Taolo bashariyatga uning dunyo-yu oxirat saodatiga kafil bo'luvchi yo'lni tuzib berdi. Kim Allohning yo’liga ergashsa, dunyosida ham, oxiratida ham saodatga erishadi. Kim Allohning yo’lidan yuz o'girsa, o'zining Rabbiga itoatbiz bo'lsa, dunyosida baxtbiz, oxiratda esa halok bo'luvchilar qatorida bo'ladi. Demak, ma'siyatlar dunyo-yu oxiratdagi baxtbizlik sababi ekan, Alloh Taolo bizni bir ishga buyurgan bo'lsa, unga itoat qilishimiz lozim, bir ishdan qaytargan bo'lsa, undan tiyilmog’imiz zarur, bizning baxt-saodatimiz uchun kafil bo'luvchi had-hududlarni belgilab bergan bo'lsa, ularga bo'ysunishimiz, Allohni yodda tutishimiz kerak, shunda bizni ham Alloh “yodda tutadi”. Мa'siyat Allohning yo’lidan uzoqlashishdir, Allohning had-hududlaridan yiroqlashishdir, Alloh taboraka va Taoloning amru farmonlariga qarshi chiqishdir. Оtamiz Оdam va momomiz Havvoni jannatdan chiqargan narsa ham ma'siyat emasmidi, axir?! Ha, ma'siyat edi! «Оdam Parvardigoriga osiy bo'lib, yo'ldan ozdi» (Тoha: 121). Iblisni Allohning rahmatidan quvg'inga uchratgan nima edi?! Fir'avn qavmini halokatga duchor etgan nima edi?! Оd qavmini halok etgan nima edi?! Samud qavmini halokatga otgan nima edi?! Qorun qavmini halok qilgan nima edi?! Har bir asr va har bir davrda zolim va zo'ravonlarni halokat domiga etaklagan narsa nima edi?! Gunoh va ma'siyatlar shumligi edi!! Мa'siyatlar dunyo-yu oxirat baxtbizligining aosiy sababidir! Quyida gunoh va ma'siyatlarning eng xatarli asoratlaridan ba'zilarini aytib o'tamiz: 4) O'lim vaqtida shahodat kalimasini ayta olmaslik |
|||||||||||||














