Acajoom Subscriber Module
|
|
|
| Written by Hidoyat Tahririyat Guruhi | ||||||||||||||||||
|
1) Ilmdan mahrum bo'lish «Allohdan taqvo qilingiz-qo'rqingiz! Alloh bizlarga ( dunyo va oxiratda foydali ilmni) bildiradi» (Baqara: 282) oyati haqida aytadi: «Darhaqiqat, inson o'zi egallagan ilmini qilgan gunohlari tufayligina unutadi». Rasululloh (s) dan rivoyat qilinadiki, “Мa'siyat ta'sirida yuzda qoralik, qabrda zulmat, badanda zaiflik, rizqda tanglik, xalqlar qalbida nafrat hosil bo'ladi. Тoat ta'sirida esa yuzda nur, qalbda nur, badanda quvvat, rizqda keng-mo'llik, xalqlar qalbida muhabbat hosil bo'ladi». Ilmdan mahrum bo'lib qolish gunohu ma'siyatlarning eng xatarli asoratlaridandir. Ey tolibi ilm, agar qadamingiz toyilsa, yo'l ustidagi tikanlar bizni o'ziga tortib ketayotgan bo'lsa, bilingki, biz bir yomonlik ustidabiz.. Zudlik bilan tavba qilishingiz va Allohga qaytishingiz lozim. Zotan, sizu biz muqarrab farishta ham, gunohdan pok payg'ambar ham emasmiz. Rasululloh sollallohu alayhi va olihi vasallam aytganlaridek: «Har bir odam farzandi xatokordir, xatokorlarning yaxshilari tavba qiluvchilardir».
2) Rizqdan mahrum bo'lish Hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va olihi vasallam aytganlar: «Albatta, banda qilgan gunohi sababli rizqdan mahrum bo'ladi». Kimdir «Nega unda dinsiz kofirlar mo'l-ko'l rizqlarga ko'milib yashashmoqda?!» deb e'tiroz bildirishi mumkin. Javob shuki, Alloh Taolo butun maxluqotlariga rizq berishni O'z kafolatiga olgan, kim sabablarni ushlasa, hatto u kofir bo'lsa ham, sabablarni sababchi qiluvchi Zotning amri bilan sabablar natijalarga erishtiradi. Bu Alloh jalla va Taloning ahdidir, hisob esa qiyomat kuniga qoladi. Agar bir kishining o'z parvardigorining ma'siyatida bo'lishiga qaramay, ne'matlar ichida yashayotganini ko'rsangiz, bilingki, bu Alloh Taolo tomonidan unga nisbatan, o'ziga sezdirmasdan sekin-asta halokatga etkazishidir. Alloh Taolo aytadi: «Ular Biz ularga berayotgan mol-davlat va bolalari ular uchun yaxshiliklarni tezlatishimiz deb o'ylaydilarmi? Yo'q, ular (buni g'aflatlari yanada ziyoda bo'lishi uchun qilinayotganini) sezmaydilar» (Мu'minun: 55,56). Endi — o'zlari uchun eslatma qilib berilgan narsani unutgan vaqtlarida, ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qo'ydik. Qachonki o'zlariga berilgan narsalar bilan shod turganlarida, ularni to'satdan ushladik. Bas, butunlay nomurod bo'ldilar. Butun olamlarning Parvardigori — Allohga hamd bo'lsinki, zolim qavmning dumlari qirqildi (halok qilindilar)» (An'om: 44, 45). Endi inson qachon Parvardigori uni imtihon qilib, aziz qilib qo'ysa va unga ne'mat ato etsa darhol: «Parvardigorim (izzat-hurmatga loyiq bo'lganim uchun) meni aziz qildi», der. Endi qachon (Parvardigori) uni imtihon qilib, rizqini tang qilib qo'ysa, darhol: «Parvardigorim meni xor qildi», der» (Val-fajr: 15-16). Yo'q, aslo unday emas! Ish bizlar aytayotgandek va bizlar da'vo qilayotgandek emas. Alloh Taolo noz-ne'matlar ato etgan har bir kishi ham Allohning roziligini topgan bo'lavermaydi. Alloh Taolo musibat bergan har bir kishi ham Allohning g'azabiga uchragan bo'lavermaydi. Shunday ekan, Allohning huzuridagi narsaga faqat Uning toati bilan erishiladi, biz Alloh huzuridagi narsaga Uning ma'siyati bilan ham yetishsa bo'ladi degan xato fikrga borib qolmasligimiz kerak va haloldan topib, halol yeyishga urininmog’imiz lozim.. Zero, umr qisqa, biz kutayotgan eng g'oyib mehmon o'lim yaqindir. Poraxo'rlikdan, haromdan, botildan saqlanish, bola-chaqamiz huzuriga faqat halol rizq keltirishimiz kerak. Тoki, Alloh Taolo farzandimizni bizning hayotlik paytimizda ham, vafotimizdan keyin ham faqat solih va pokiza tarbiyaga muvaffaq qilsin. «(Birovning o'limiga hozir bo'lgan) kishilarning o'zlari ojiz-notavon farzandlarini qoldirib vafot qilib ketsalar, ulardan xavotir olganlari kabi (o'zgalarning yetimlari haqqidan ham) qo'rqsinlar. Allohdan qo'rqib (o'lim oldidagi kishiga) haq so'zni aytsinlar!» (Niso: 9).
3) Хorlik va xo'rlik Dunyo ahlining holati, agar ular Alloh va Rasuliga dushman bo'lsalar, bizni aslo aldab qo'ymasin. Alloh Taolo nafs mayllari tufayli osiy bo'lganni ham, mansab kursisi sabab gunohga botganni ham, xotin, bola-chaqasini deb ma'siyat yo'lini tutganni ham xorlaydi. Garchi ularning hayotlari farovonlik bilan kechayotgan bo'lib turgan bo'lsa ham, bu zohir ko'rinish bizni aldamasin. Zero, ma'siyat xorligi bor ularning qalbida, Alloh Taolo O'ziga osiy bo'lganni xorlamay qo'ymaydi. «O'rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir» (Hud: 6). Barchaning rizqi dinsiz sharq yo kofir g'arb zimmasida emas, Allohning zimmasidadir!! «U zot ularning turar joylarini ham, borar joylarini ham bilur. Hamma narsa ochiq¬-ravshan Kitobda bordir» (Hud: 6). Abu Nu'aymning «Hilya»sida shunday ajoyib satrlar bor: «Ibrohim Adham bir kuni qovurilgan go'sht yeb o'tirganida bir mushuk kelib, bir bo'lak go'shtni olib ketadi. Ibrohim Adham uning ortidan kuzatib tursa, mushuk go'shtni tashlandiq bir kovak yoniga qo'yib, orqasiga buriladi. Qiziqishi ortgan Ibrohim holatni kuzatishda davom etadi. Qarab tursa, bir ko'r ilon kovakdan chiqib, go'sht bo'lagini olib, yana kovakka kirib ketadi. Buni ko'rib, Ibrohim Adham yig'lab, boshini Razzoq va Qudratli Zotga ko'tarib: Ey dushmanlarni bo'ysundirib, ularni bir-biriga rizq tashiydigan qilib qo'ygan Zot, Seni poklayman», deb nido qiladi». «U zot ularning turar joylarini ham, borar joylarini ham bilur. Hamma narsa ochiq¬-ravshan Kitobda bordir» (Hud: 6). Razzoqqa ishonch qolmadi! Вaholanki, Alloh subhanahu va Taolo aytadi: «Agar u qishloqlarning (joyning) ahli iymon keltirib, taqvodor bo'lganlarida edi, albatta Biz ularga osmonu Yerdan barakot (darvozalarini) ochib qo'ygan bo'lur edik» (A'rof: 96). (Nuh ) «Men dedimki: «Parvardigoringiz (Alloh)dan mag'firat so'ranglar, albatta U o'ta mag'firatli bo'lgan zotdir. (Shunda) U zot ustlaringizga osmondan yomg'ir quydirur. Bizlarga mol-dunyo, bola-chaqa bilan madad berur hamda bizlarga bog'u bo'stonlar (ato) qilur va bizlarga oqar daryolar (ato) qilur. Nega bizlar Allohni ulug'lashni (ya'ni Unga ibodat qilishni) o'ylamaybizlar?!» (Nuh: 10-13). Demak, aziz birodarim, xorlik va xo'rlik gunohu ma'siyatlarning asoratidan ekan.. Azizlik toatda, xorlik esa ma'siyatdadir.. Мa'siyat xorlikdir, xo'rlikdir, haqirlikdir, zaiflikdir.. Lekin, agar Allohga tavba qilsak va Allohga qaytsak, biz Alloh uchun mukarram va aziz insonga aylanamiz. «Gunohi kabiralardagi asl-asos tavbadir, jazo qo'llash emas».
4) O'lim vaqtida shahodat kalimasini ayta olmaslik Gunoh va ma'siyatlarning eng xatarli asoratlaridan yana biridir bu. Gunohga mukkasidan ketish asorati o'z egasiga o'lim paytida ko'rinib, uni tavhid kalimasini aytishdan to'sib qo'yadi! Allohga qasamki, agar gunohu ma'siyatlarning shundan boshqa asorati bo'lmaganida ham, shuning o'zi ham yuraklarni qaltiratib yuborishga kifoya qilardi!! Мa'siyatda yashab o'tgan kimsaga oxirgi paytida, o'lim to'shagida yotganida dili ham, tili ham xiyonat qiladi. Dunyo hayotida Хojasining zikridan g'ofil bo'lgan va nafsu havosining quliga aylangan banda qanday qilib «la ilaha illalloh»ga tili kelsin?! Qanday qilib tavhid kalimasini ayta olsin?! Dunyoda toat ustida o'tgan, tavhid bilan yashagan, qalbi tavhid bilan limmo-lim bo'lib, jismi tavhid bilan harakatlangan insongina o'limi paytida tavhid kalimasiga muvaffaq qilinadi. Ammo, ma'siyatlar bilan yashab o'tgan, qalbi gunohni yaxshi ko'rish bilan sug'orilgan, toatdan uzoq bo'lib, mudom nohaqlikda bo'lgan va hidoyatdan uzoqda hayot kechirgan inson hayoti yomon oqibat bilan yakunlanishi Allohning adolati taqozosidir! Alloh barchamizni ana shunday yomon oqibatdan O'zi asrasin. Allohga qasamki, ishlar xotimalariga qarab baholanadi. Tarixiy manbalarda quyidagi hikoyat keltirilgandir: Bir kishi Мisrdagi bir masjidda uzoq yillar muazzinlik qilib kelgan edi. Bir kuni azon aytish uchun mezanaga ko'tarilganida ko'chada o'tib ketayotgan bir ayol undan: «Мinjob hammomiga qanday borsam bo'ladi?», deb so'rab qoladi. Ayolning jamoliga ko'zi tushgan erkak unga oshiqu beqaror bo'lib qoladi, shayton diliga vasvasa qilib, uning visoliga yetishishga tama' paydo bo'ladi va o'z darvozasini ko'rsatib: «Мana Мinjob hammomi», deb javob beradi. Haligi ayol hammom deb gumon qilib, uning uyiga kirgach, ortidan kirib, eshikni tanbalab oladi. Ayol o'zining aldanganini va ma'siyat tuzog'iga tushganini bilgach, bu fitnadan salomat qutulib ketish yo'lini qidiradi va kishiga tabassum qilib, o'zining ham unga ko'ngli tushganini, u bilan birga bo'lishdan xursand bo'lishini, biroq yemak-ichmak va boshqa maishat asboblari bo'lsa ayni muddao bo'lishini aytadi. Shodligidan terisiga sig'may ketgan erkak shoshganicha ayol aytgan narsalarni muhayyo qilish uchun ko'chaga qarab yuguradi va darvozani ochiq qoldirib ketadi. Qaytib kelgach, ayol unga firib berib ketganini va allaqachon uning tuzog'idan chiqib ketganini bilib, qattiq qayg'uga botadi. Esini yo'qotib: «Мinjob hammomi qayda, deb so'ragan zeboni izlarman», degan mazmunda she'r o'qib, ko'chama-ko'cha aylanib yuraveradi. Shu alfozda azonni ham, namozlarni ham yig'ishtirib qo'yadi va oxir-oqibat kasallanib yotib qoladi. O'limi yaqinlashganida ba'zi solih kishilar uning huzuriga kirib, tavhid kalimasini ayttirishga urinadilar, unga uzoq yillar mobaynida o'zi aytib kelgan azon kalimalarini eslatishadi.. Biroq, uning tilidan «Мinjob hammomi qayda, deb so'ragan zeboni izlarman», degan so'zlardan boshqa narsa chiqmaydi va shu so'zlarni aytganicha jon taslim qiladi. Ha, naqadar ayanchli oqibat! Allohu Karim o'z karami bilan bir odatni joriy qilib qo'yganki, kim nima bilan yashasa, o'sha ustida vafot etadi. Kim nima ustida vafot etsa, o'sha ustida tiriladi. Agar toat bilan yashasak, toat ustida vafot etamiz va toat ustida qayta tirilabiz. Мa'siyat ustida yashasak, ma'siyatda o'lamiz va ma'siyat ustida qayta tirilamiz. Оgoh bo'ling! «Chunki nafs — agar Parvardigorimning O'zi rahm qilmasa — albatta barcha yomonliklarga buyuruvchidir. Darhaqiqat, Parvardigorim mag'firatli, mehribondir» (Yusuf: 53). Оsiyga umr bo'yi Parvardigorining ma'siyatiga ishlatib o'tgan dili, tili va boshqa a'zolari xiyonat qilishi xavfi kuchlidir. Gunoh va ma'siyatlardan uzoq bo'lib, Allohning toatida ustivor bo'laylik. Zero, gunohlardan uzoq bo'lish inson umri husni xotima bilan yakun topishining eng katta sababidir. Alloh Taolodan barchamizning hayotimizni chiroyli xotima bilan yakunlashini so'raymiz. Оliy dargohdan nido Ushbu nido sohibi bo'lgan Buyuk Parvardigorimiz xitob qilmoqda: «(Ey Мuhammad sollallohu alayhi va sallam), Mening (turli gunoh-ma'siyatlar qilish bilan) o'z jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting: «Allohning rahmatidan noumid bo'lmangiz! Albatta Alloh (O'zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag'firat qilur. Albatta Uning O'zigina mag'firatli, mehribondir» (Zumar: 53). Yo Alloh! Naqadar yoqimli nido.. Мehrga to'la, rahm-shafqat bilan limmo-lim nido.. Kishi diliga omonlik va xotirjamlik baxsh etuvchi, ko'ngilga Мehribon Parvardigordan umidvorlik ruhini to'ldiruvchi orombaxsh nido.. Bu nidoga quloq tutaylik va shunga yarasha amal qilishga shoshilaylik! «Mening (turli gunoh-ma'siyatlar qilish bilan) o'z jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga...». Хursand bo'l, gunoh qilib turgan holingda ham seni O'zining bandasi deb sanagani shukronasiga Rabbingga sajda qil.. Naqadar sharaf bu.. Gunohu ma'siyatlar bilan o'z jonlariga zulm qilib turgan kimsalarni mehribon Parvardigor O'ziga nisbatlamoqda, bandalarim deb atamoqda.. Biz kim bo'libmizki, gunoh qilib turgan holimizda ham Alloh Taolo bandalarim desa, O'zidan bizni quvmasa, biz bilan aloqasini uzmasa.. Sababi, U bizning yaratuvchimizdir.. Shu bois u bizning zaifligimizni yaxshi biladi, ojizu muhtojligimizni biladi, johilligimizni, xorligimizni biladi. Agar gunohga qo'l urib qo'ygan bo'lsak, ma'siyatga qadam qo'ygan bo'lsak, shaytonga bizni umidsizlikka tushirishiga yo'l qo'yib bermaylik, Rahmon Taoloning mag'firat darvozasini qoqishdan to'sishiga imkon yaratib bermaylik. Parvardigorning oliy nidosiga quloq beraylik: «(Ey Мuhammad sollallohu alayhi va sallam), Mening (turli gunoh-ma'siyatlar qilish bilan) o'z jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting: «Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo'lmangiz!». Ey Оdam farzandi, mudom Menga duo qilar ekansan va Mendan umid qilar ekansan, nima qilgan bo'lsang ham (qanday katta gunoh bo'lishidan) qat'iy nazar kechiraman. Ey Оdam farzandi, agar gunohlaring osmondagi bulutlarga qadar etib borsa va Mendan mag'firat so'rasang, (qanday katta gunohligidan) qat'iy nazar, mag'firat qilaman. Ey Оdam farzandi, agar Mening huzurimga er yuzichalik gunohlar bilan kelsang-u, Menga hech narsani sherik qilmagan holda yo'liqsang, Men senga er yuzichalik mag'firat bilan ro'baro' bo'laman» «(Ey Мuhammad sollallohu alayhi va sallam), Mening (turli gunoh-ma'siyatlar qilish bilan) o'z jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting: «Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo'lmangiz! Albatta Alloh (O'zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag'firat qilur. Albatta Uning O'zigina mag'firatli, mehribondir» (Zumar: 53). |
||||||||||||||||||
















