Acajoom Subscriber Module

Saytimizni shu bolimi,xabarnomaga obuna bo'lish uchun yaratilgan.Siz ham bizni xabarnomamizga obuna bolishingiz mumkin.



Qanday ozish mumkin: savol va javob PDF Print E-mail
Written by Hidoyat Tahririyat Guruhi   

 

1. Qanday qilib jismoniy mashg'ulotlar davomida ko'proq yog'larni yo'q qilish mumkin:

Jismoniy mashg'ulotlar davomida nafaqat yog'lar, balki mushaklar ham yemiriladi. Albatta 10 daqiqa to'xtamay yuqori tezlikda yugursangiz juda ko'p kaloriyani yondirasiz. LEKIN! bu yo'qotish tezda o'zini qoplay olib, yo'qolgan kalloriyalar yana o'z holiga qaytadi. Chunki bu mashg'ulot davomida asosan mushaklar yemiriladi xolos. Aynan yog'lar yemirilishini va yo'qolgan vazn qayta tiklanmasligini xohlasangiz mashg'ulotni jadal ravishda qilmay, sekin-sekin, lekin uzoq davom ettirib amalga oshiring.

2. Jismoniy mashg'ulotlarning qaysi turini tanlash lozim:

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ozish uchun qo'llaniladigan eng yaxshi va foydali mashg'ulot bu yengil chopish bilan tez-tez yurishdir! Agar bu mashg'ulotni ko'chada emas, balki maxsus anjomda amalga oshirayotgan bo'lsangiz, anjom ushlagichlaridan foydalanmang. Qo'lingiz bo'sh bo'lsa, ozish jarayoni yanada yaxshilanadi.

3. Nima yaxshiroq: 30 daqiqali 1 martalik mashg'ulotmi yoki 3 martalik 10 daqiqa davom etadigan mashg'ulotmi?

Yana qaytarib aytamiz: mashg'ulot davomiyligi qancha ko'p bo'lsa, shunchalik ozish uchun uning foydasi ta'sirli bo'ladi.

4. Ertalabki mashg'ulotdan oldin nonushta qilish kerakmi?

Agar och qoringa mashg'ulot qilsangiz albatta yog'lar ko'p yemiriladi, lekin o'zingiz ham holsizlanib qolasiz. Shuning uchun uglevodlarga boy bo'lgan yengil nonushta uzoq vaqt mashg'ulot qilishga, bu esa o'z navbatida ko'proq kalloriya yemirilishiga yordam beradi.

5. Maxsus kuch mashg'ulotlari kerakmi?

Kerak. Ozish davomida mushaklarni kuchlantirish lozim. Aks holda, badaningiz osilib qolgandek ko'rinadi. Buning uchun og'irligi katta bo'lmagan gantellardan foydalaning.

6. Ozmoqchi bo'lgan ayol shirinlik yeyishi mumkinmi?

Yo'q, chunki shakar (semirtiradigan mahsulot) qondagi insulin moddasini oshiradi. Insulin esa organizm qabul qilayotgan shirinliklarni yoqqa aylantiradi.

Комментарии (0)

RSS feed Comments

Написать комментарий

smaller | bigger

busy
 

 

 

 

Copyright © 2010 Hidoyat control managment! Inc. All rights reserved. Barcha ma'lumotlar "Hidoyat Tahririyati" ostida nazoratiga kiradi.