Acajoom Subscriber Module

Saytimizni shu bolimi,xabarnomaga obuna bo'lish uchun yaratilgan.Siz ham bizni xabarnomamizga obuna bolishingiz mumkin.



Jannatda eltuvchi omillar PDF Print E-mail
Written by Hidoyat Tahririyat Guruhi   

Boshqa so’z bilan aytadigan bo’lsak, Jannatga kirganlar nima sababdan u yerga musharraf bo’lganlari haqida suhbat yuritmoqchimiz. Xo’sh, nima omillar bandalarning Jannatga kirishlariga sabab bo’ladi?

1. Alloh Taolo, rasululloh (s) va ularning Ahli baytlarini tanish;

…فانه من مات منكم على فراشه و هو على معرفة حق ربه و حق رسوله و أهل بيته مات شهيدا و وقع أجره على الله، و استوجب ثواب مانوى من صالح عمله و قامت النية مقام اصلاته لسيفه... - نهج، فيض، خ 232، صبحى، خ 190

Darhaqiqat, qaysi biringiz o’zining to’shagi ustida foniy dunyo bilan vidolashadigan bo’lsa-yu, Allohni uning rasulini va rasuluning ahli baytini tanigan bo’lsa, shahidlar o’limini topgan bo’ladi uning ajri Qiyomat kunida Alloh tarafidan berilgusidir. Niyat qilib qo’ygan solih amallari savobini olajakdir va hamda Alloh yo’lida kurashganlar savobiga ega bo’ladir.

Ya’ni agar odam biror ishni qilaman deb niyat qilib qo’ysa, ammo o’zining extiyoridan tashqaridagi to’siqlar tufayli uni bajara olmasa-da, qilgan yaxshi niyati uni yuqori martabalarga ko’taradi va xuddi usha ishni bajarganlardek savobga ega bo’ladi.

Boshqa bir xutbada esa hazrat Ali (a.s) bunday degan edi:

...لا يدخل الجنة الا من عرفهم و عرفوه... - نهج، فيض و صبحى، خ 152.

Ularni tanimaganlar va ular tarafidan tanilmaganlar Jannatga kirmaslar

Yuqoridagi xutbalarda Allohni va rasuli ul zotning ahli baytlarini tanish deb aytilgan. Demak, Jannatga kirishning asl shartlaridan biri ma’rifatdir. O’z –o’zidan ma’lumki Alloh hammani taniydi, ammo bu yerda aytishdan maqsad “ Allohni tanisang- U ham seni taniydi” qabilida aytilgandir. Allohni, uning rasulini va ul zotning Ahli baytlarini tanishlik – Jannatga kirishga sabab bo’ladigan asosiy omillardandir.

2. Ahli bayt (a.s) ni sevish;

Yuqorida aytganimizdek, Jannatga kirishning asosiy sharti Allohni rasulini va ul zotning Ahli baytlarini tyanishdir. Ammo bu shart zaruriy ammo yetarli emasdir. Ahli baytni tanishning o’zi kifoya qilmaydi, balki ularni sevish ham zaruriydir. Bu haqda hazrat Ali (a.s) bunday deydi:

ناصرنا و محبنا ينتظر الرحمة...- نهج، فيض، خ 108، صبحى، خ 109

Biz (ahli bayt)ga yordam beruvchilar va sevuvchilarni Allohning rahmati kutib turadi

3. Taqvodor bo’lish;

..ان التقوى فى اليوم الحرز و الجنة و فى غد الطريق الى الجنة... - نهج، فيض، خ 233، صبحى، خ 191

Darhaqiqat, taqvo – bugun uchun adashib ketishlikning oldini oluvchi qalqon, ertangi kun uchun esa Jannatga eltuvchi yo’ldir.

...فهم والجنة كمن قدر آها، فهم فيها منعمون. - نهج، فيض، خ 184، صبحى، خ 193

Taqvodor bandalar bilan Jannat ikkisi shunday narsaga o’xshaydiki, go’yoki ular (ya’ni) taqvodorlar Jannat ne’matlari bilan bahramand bo’layotgandeklar.

اوصيكم عبادالله بتقوى الله و طاعته، فانها النجاة غدا، والمنجاة أبدا... - نهج، فيض، خ 160، صبحى، خ 161

Allohning bandalariga taqvoli va Allohga itoatli bo’lishlarini tavsiya etaman. Chunki taqvo ertangi kun (Qiyomat)da azob va rasvogarchilikdan najot beruvchi qalqondir.

...اوصيكم عبادالله بتقوى الله التى هى الزاد و بها المعاد المعاذ زاد مبلغ و معاد منجح... - نهج، فيض، خ 113، صبحى، خ 114

Allohning bandalariga tavsiya qilib aytamanki, Allohga taqvo qilinglarki, Oxiratga oboradigan tadorikingizdir. Bu tadorik sizni azobdan saqlovchi panohgohingizdir.

4. E’tiqodga yarasha amal qilish;

5. ان الله سبحانه أنزل كتابا هاديا بين فيه الخير و الشر فخذوا نهج الخير تهتدوا، واصدفوا عن سمت الشر تقصدوا، الفرائض الفرائض! ادوها الى الله تؤدكم الى الجنة... - نهج، فيض، خ 166، صبحى، خ 167

Darhaqiqat, Alloh Taolo bandalarni hidoyat qilsin deb Kitobini nozil qildi. Unda to’gri va adashtiruvchi yo’larni bayon qilib berdi. Adashtiruvchi yo’ldan uzoqlashib o’zingizni to’gri yo’lga boshlang. Farzqilingan amallarni hargiz tark qilmang! Alloh oldidagi burchingini o’tang va bu sizni Jannatga eltajakdir.

Bilgan narsasiga amal qilish bilan Jannatni qo’lga kiritishga harakat qilmoqlik zarurdir. Boshqa bir xutbasida imom Ali (a.s) bunday degan edi:

و انما الأجر فى القول باللسان والعمل بالأيدى و الأقدام... - نهج، فيض، حكمت 40، صبحى، حكمت 42

Albatta, ajru-savob bu tilda aytilgan lafz bilan va qo’l-oyoq (ya’ni amalga oshirilgan amallar) bilan qo’lga kiritilur.

Alloh Taologa itoat qilish borasida bunday dedi:

...فاجعلوا طاعة الله...جنة ليوم فزعكم و مصابيح لبطون قبور كم وسكنا لطول وحشتكم و نفسا لكرب مواطنكم فان طاعة الله حرز من متالف مكتنفة و مخاوف متوقعة و أوار نيران موقدة... - نهج، فيض، خ 189، صبحى، خ 198

Allohga itoat qilishni o’zingiz uchun Qiyomatning qalqoni, Jannatga eltuvchi yo’lboshchi, qorong’I qabrni yorituvchi nur, vahshatli Kunda osoyishtalik beruvchi vosita, boshi berk ko’chani ochuvchi kalit qilib olinglar. Axir Allohga itoat qilish-bu azobdan, zulmatdan va vahshatdan qo’ruvchi qalqondir.

Bir kishi hazrat Ali(a.s) huzurigakelib, undan nasihat qilishini so’radi. Shunda ul hazrat bunday deb aytdi:

لا تكن ممن يرجوا الاخرة بغير عمل و يرجى التوبة بطول الأمل...يحب الصالحين و لا يعمل عملهم و يبغض المذنبين و هو أحدهم يكره الموت لكثرة ذنوبه...ان عرضت له شهوة أسلف المعصية و سوف التوبة...و يخشى الخلق فى غير ربه و لا يخشى ربه فى خلقه . - نهج، فيض، حكمت 142، صبحى، حكمت 150

Solih amal qilmay oxiratdan umidi bor odamlardan bo’lma! Ular dunyodagi uzundan uzun orzulari bilan ovora bo’lib, Allohning dargohidan kech qoladilar. Yaxshi amal qiluvchilarni yaxshi ko’rsalar-da, o’zlari unday amallarni bajarmaydilar. Gunohkorlarni sevmasalar-da uylar qilgan gunohlarini o’zlari ham bajaradilar. Gunohlarining ko’pligi sabab, o’limni yoqtirishmaydi.shahvatlari qarshisida tob berolmay ma’siyat ishga botadilar. Tavba qilishga shoshilmay, bugun-erta qiladilar. Allohdan qo’rqqanidan emas, odamlardan qo’rqqani uchun Allohga xush kelmaydigan ishlarni bajaradilar. Ammo Allohdan qo’rqishi kerak ishlarda aksincha, Allohdan qo’rqmay odamlarga zarar yetkazuvchi ishlarni bemalol bajaradi.

5. Davomli amal qilish;

...و من استقام فالى الجنة...- نهج، فيض، خ 118، صبحى، خ 119

Alloh yo’lida davomli harakat qilganlar Jannatga kirurlar

Bu yerda shu narsani qayd qilib o’tishni lozim topdik: Ba’zida odamning iymoni jo’shib ketganidan ba’zi mustahab amallarni oshirib – toshirib bajaradi, ammo tez orada bunday amallardan charchaydi va hatto vojib bo’lgan amallarini tark etishgacha boradi. Masalan, kechasi turib Tahajjud namozini o’qiydi, uyqudan qoladi ammo ertalabki Bomdod namoziga kelganda esa uxlab qoladi. Qaytanga kechasi uxlab ertalabki farz namozini vaqtida o’qigani ancha afzaldir. Amallarni asta-sekinlik bilan oshirib boorish kerak, va qo’lga kiritilgan natijani boy bermasdan amal qilmoq kerak. Boshqa so’z bilan aytganda, oz- oz bo’lsa-da davomli amal afzaldir.

6. Xolis niyatli bo’lish;

Odamlar amali ikki qirralidir, biri- zohiriy (ko’rinib turuvchi, oshkor) va ikkinchisi – botiniy (xufiya). Agar odam o’z amallarini Allohning farmonlariga mos holda amalga oshiradigan bo’lsa, va qilma degan ishlarni tark qiladigan bo’lsa, uni jannatiy odam deb ayta olmaymiz. Nega deganda ba’zi munofiq odamlar borki zohiran solih amallarni bajaradilar va harommni tark qiladilar. Ammo ular bu amallarni odamlar ko’zi oldida obru-e’tibor toppish uchun qiladilar. Shuning uchun amallarning naqadar qiymatga egaligini bilish uchun yana boshqa omil mavjud bo’lib, unga niyatlar xolisligi deyiladi. Hazrat Ali (a.s) bu haqda quyidagilarni aytgan edi:

و ان الله سبحانه يدخل بصدقه النية و السريرة الصالحة من يشاء من عباده الجنة . - نهج، فيض، حكمت 40، صبحى، حكمت 42

Alloh Taolo bandalarining amaldagi sadoqati va xolisligi asosida istaganlarini Jannatga kiritur.

Yuqorida keltirilgan Jannatga tegishli sifatlar hazrat Ali (a.s) kalomidan yig’ilgan matnlardir. Agar odam Jannatning haqiqiy tasviri bilan oz bo’lsa-da tanish bo’lsa, bu dunyodagi har qanday qiyinchjilikni yengib o’tishi ancha oson bo’ladi. Faqirlik yoki kasallik, zulmu-sitam kabi musibatlar Jannatning orzusi qarshisida kichik va arzishi yo’q bo’ladi. Alloh Taolo hammamizni Jannat ahlidan qilsin. Omin!

Axir aytishadiku, gul uzmoqchi bo’lsang, tikanini og’rig’iga dosh bermoqliging kerak, deb. Shuning uchun quyidagi hadisni Ali (a.s) payg’ambarimiz (s)dan naql qilib aytgan edi:

...الجنة تحت أطراف العوالى...- نهج، فيض و صبحى، خ 124.

Jannat atrofi nayzalar (qiyinchiliklar)soyasi ostidadir.

Shuningdek quyidagi hadis ham rasululloh (s)dan naql qilingandir:

...ان رسول الله (صلى الله عليه واله) كان يقول: ان الجنة حفت بالمكاره... - نهج، فيض، خ 175، صبحى، خ 156

Rasululloh (s)bunday deb marhamat qilgan edilar: Jannat qiyinchiliklar bilan o’ralgandir (unga boradiganlar ana shu qiyinchiliklarni yengib o’t,may iloji yo’q).

7. G’aflatdan uzoq bo’lish

Imom Ali (a.s) bunday degan edi:

...ألا و انى لم أركالجنة نام طالبها. - نهج، فيض، و صبحى، خ 28.

Ogoh bo’linglarki, Jannatni istaganlar g’aflat uyqusida bo’lmaslar

Bu yerda imom dunyoning tashvishlari bilan bo’lib oxiratga nisbatan g’aflatda qoladiganlar haqida so’z yuritadi va aytadiki, har qanday holatda ham oxiratdan g’ofil qolmaslik kerakdir. Aks holda ham dunyo va ham oxiratni qo’ldan boy beriladi.

Комментарии (0)

RSS feed Comments

Написать комментарий

smaller | bigger

busy
 

 

 

 

Copyright © 2010 Hidoyat control managment! Inc. All rights reserved. Barcha ma'lumotlar "Hidoyat Tahririyati" ostida nazoratiga kiradi.