Acajoom Subscriber Module

Saytimizni shu bolimi,xabarnomaga obuna bo'lish uchun yaratilgan.Siz ham bizni xabarnomamizga obuna bolishingiz mumkin.



Muharramnoma


Sening oshiqingman, deya olaman xolos! PDF Print E-mail
Written by Hidoyat Tahririyat Guruhi   

Shahid bo’lganlarning fidokorliklari ularning oqibatni bilganlari tufayli go’zal hisoblanadi. Hazrat imom Husayn (a.s)ning vafodor yorlari ham Karbalo voqeasida o’zlarining shahid bo’lishlarini bilar edilar, lekin shunday bo’lsa ham o’z rahbarlari imom Husayn (a.s)ni tashlab ketmadilar. (Agar shunday qilganlarida tirik qolishlari mumkin edi).

Batafsil...
 
PDF Print E-mail
Written by Hidoyat Tahririyat Guruhi   

Muoviya birovlarni maqtab yozilgan madh she’rlari matniga o’z ismini qo’shib qo’ydirar va aksincha yomonlab yozilgan qismlarga esa o’zining dushmanlari yoki u bilan muxolifat qiluvchi har qanday odamlarning ismlarini qo’shdirib qo’yar edi. (Albatta laganbardor shoirlar ham usha davrda topilar edilar va ular Muoviya istagan mavzuda u istagan uslubda she’r va qasida qilib yozar edilar va buning evaziga katta sarvatga ega bo’lishar edi.) Oddiy soddadil odamlar bunday sherlar ta’siriga berilar edilar.

Batafsil...
 
To’rtinchi qism PDF Print E-mail
Written by Hidoyat Tahririyat Guruhi   

Bunday odamlar qilgan ishlari tarix sahifalarida saqlanib qolishi uchun hayotlaridagi muhim voqealarni toshlarga o’yib yozib qoldirishgan. Lekin ularning tarixi faqat toshlar betida saqlanib qolgan, yillar o’tishi bilan yuzaga chiqsa nari borsa muzeylarda eksponat bo’lib qolgan.

Batafsil...
 
Uchinchi qism PDF Print E-mail
Written by Hidoyat Tahririyat Guruhi   
 

IMOM HUSAYN (ALAYHI SALOM) NING INQILOBIY HARAKATINING AHAMIYATI

(Uchinchi qism)

Bismillahir rohmanir rohim

 

Imom Husayn (alayhi salom) ning oldingi qismatlarda aytib o’tganimiz ikki omildan boshqa yana o’zga omillar ham bor edi. Bu- amr ma’ruf va nahiy az munkardir. Imom Madinani tark etgan dastlabki kunlardanoq uning shiori shu edi. Imom Husayn (alayhi salom) nafaqat Yazidga bay’at bermaslik uchun bay’at qilmagan edi, balki amr ma’ruf va nahiy munkarni bajarish uchun ham bosh ko’targan edi. Agar Yazid imom Husayn (alayhi salom) dan bay’at qilishini majbur qilmaganda ham, baribir imom unga qarshi bosh ko’targan bo’lar edi. Kufa ahlining imomni da’vat qilishlari inqilobning boshlanishi edi. Agarmabodo Kufaliklar imomga xat yozishmaganda edi, imom baribir inqilob qilar edi. Chunki asl maqsad bu – amr ma’ruf va nahiy az munkar edi.

Birinchi omil jihatidan qaraydigan bo’lsak (birinchi va ikkinchi omillar haqida bundan oldingi qismlarda so’z yuritgan edik), imom o’zini himoya qilish uchun inqilob qildi. Zero u Yazidga bay’at qilishni istamagan edi. Ikkinchi omil jihatidan qaraydigan bo’lsak, imom najot beruvchi sifatida harakat qilgan edi. Zero kufaliklar uni chaqirishgan edi. Uchinchi omil jihatidan qaraydigan bo’lsak, imom Husayn (alayhi salom) haqiqiy inqilobchi edi. Zero u zulmu-sitamga qarshi bosh ko’targan edi.

Yuqorida sanab o’tgan har bir omillar imom Husayn (alayhi salom) dan ma’lum narsani talab qilar edi. Shuning uchun imom Husayn (alayhi salom) inqilobini serqirra jarayon edi deb qarashimiz mumkin. Imom Husayn (alayhi salom) Yazidga bay’at bermaganligini ko’rib chiqadigan bo’lsak, uning boshqa chorasi ham yo’q edi. Agar u Abdulloh bin Abbosning aytganini qilib toqqa bosh olib chiqqanda edi, baribir bay’at qilmagan bo’lar edi.

Agar imom Husayn (alayhi salom) ni kufaliklar chaqirgani nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, imom to kufaliklar o’z bay’atlariga xiyonat qilmagunlaricha ularning da’vatiga javob berishi kerak edi. Ular xiyonat qilishgach esa imomning zimmasida ularga nisbatan hech qanday vazifasi qolmagan edi. Lekin imom inqilobi faqat kufaliklarning da’vatidan kelib chiqmagan edi. 15 -Ramazondan boshlab imom to kufaliklar o’z ahdini sindirib Hur boshchiligidagi lashkarlar Muslimni o’ldirgunga qadar Kufa ahli maktubi o’z kuchiga ega edi.

Bu voqeadan keyin esa o’z kuchini yo’qotgan edi. Shuning uchun imom (alayhi salom) Kufaga kelishi bilan bunday deb aytgan edi:

Sizlar menga maktub yozganlaringiz uchuin zimmamda sizlarning oldingizga kelishim bor edi. Ammo agar hozir sizlar bu ishingizdan pushaymon bo’lsangizlar men qaytib ketishim mumkin.

 

Ikki omilni (Kufaliklar maktublari va Yazidga bay’at qilmaslik omillarini o’zaro aralashtirish kerak emasdir). Yzidga bay’at qilmaslik bu alohida omil bo’lib, imom Husayn (alayhi salom) bu haqda bunday degan edi:

Mabodo yer yuzida menga boshpana beruvchi tirnoqchalik yer topilmasa ham Yazidga aslo bay’at bermasman!

Bizning nazarimizda ba’zi tarixchilar Kufa ahli yuozgan maktublarini birinchi asosiy omil sifatida qarashlari to’gri emasdir. chuQaytanga man bu omil boshqalari orasidagi eng zaif omillardan hisoblanadi. Chunki agar u asosiy omillardan bo’lganda edi, kufaliklar xiyonatidan keyin imom Husayn (alayhi salom) bunday degan bo’lur edi: Sizlar menga xiyonat qilib Yazidga bay’at bergan ekansizlar, men ham unga bay’at berishga majburdirman. Lekin aslida unday bo’lmadi. Imom Husayn (alayhi salom) ning eng yorqin nutqlari qaytanga kufaliklarning xiyonatidan keyin aytilgan edi. Bu esa asl omil kufaliklar maktublari emasligini isbotlaydi. Asl omil – bu nahiy az munkar va amr be ma’ruf edi.

Kufa taraf ketayotgan imom Husayn (alayhi salom) yo’lda ikki yo’lovchini ucharatdi. U ikkisi Kufa tarafdan kelayotgan edilar, lekin uzoqdan imomni ko’rgach yo’llarini o’zgartirdilar. Imom (alayhi salom) ular bilan suhbatlashmoqchi edi, ular buni sezib yo’llarini boshqa tarafga burib yuborgan edilar. Lekin u yo’lda imomning boshqa sahobalariga duch kelishdi va Kufada ahvol yomonligi Muslim va Honiy shahid bo’lishganligini aytishdi. Bu xabarni berishdan imomdan xijolat qilishganini va shuning uchun yo’llarini o’zgartirishganini aytishdi.

Bu ikkisi bilan suhbatlashgan sahoba imom Husayn (alayhi salom) o’tirgan chodirga bordi. U yangi xabarga egaligini aytdi. Imom: Mening do’stlarimdan yashiradigan sirim yo’qdir, bularning oldida gapiravergin-deb aytdi. Sahoba bunday dedi: Haligi ikki yo’lovchi aytishicha Kufada vaziyat og’ir ekan. Muslim va Honiyni shahid qilishibdi. Bu gaplarni eshitgan imom Husayn (alayhi salom) ning ko’zlarida yosh qalqidi. U Ahzob surasi 23-oyatini tilovat qildi:

Mo'minlar orasida Allohga bergan ahdiga sodiq kishilar bordir. Bas, ulardan o'z ahdiga vafo qilgani (shahid bo'lgani) va ulardan (shahid bo'lishni) kutayotgani bordir. Ular (ahdu paymonlarini) o'zgartirganlari yo'q.

Bu o’rinda imom Husayn (alayhi salom) haqiqiy inqilobchi va haq talab sifatida namoyon bo’lgan edi. Zero haqiqiy inqilobchi o’z manfaatini emas qo’yilgan yuksak maqsadini o’ylaydi, garchi maqsadi yo’lida shahid bo’ladigan bo’lsa ham. U qo’ygan yuksak shiori “Amri be ma’ruf va nahiy az munkar” shioriniolg’a surdi va aslo chekinmadi. Uning tafakkuru haqiqiy shahidlar tafakkuri edi. Zero shahidlar tafakkuri boshqalarnikidan tubdan farq qiladi.

Shahidning tafakkuri shundayki, u o’z maqsadiga yetish va zamondoshlari oldidagi vazifasini o’tash uchun o’zining qoni bilan haq to’laydi. Bashariyat tarixida ko’plab odamlar nimalargadir erishish uchun kurashganlar. Yer yuzining turli burchaklaridan olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida bunday kurashlardan hikoya qiluvchi asarlar ko’plab topiladi. Masalan toshlarga o’yib bunday deb yozib qo’yilgan: Men Falonchi falon hukumat bilan kurashib shuncha mablag’ni qo’lga kiritdim. Mana bunday ishlarga sarfladim. Bunday odamlar qilgan ishlari tarix sahifalarida saqlanib qolishi uchun hayotlaridagi muhim voqealarni toshlarga o’yib yozib qoldirishgan. Lekin ularning tarixi faqat toshlar betida saqlanib qolgan, yillar o’tishi bilan yuzaga chiqsa nari borsa muzeylarda eksponat bo’lib qolgan. Lekin imom Husayn (alayhi salom) ning hayoti esa havoga yoziolgandir, ammo uning qoni bilan yozilgani uchun odamlar qalbida mangu qoladigan bo’lib bitilgandir. Bugungi kunda millionlab odamlar (arabmi ajammi farqi yo’q) imom Husayn (alayhi salom) ning mana bu gapini faxrlanib aytadilar:

“Zolimga itoat qilib yashash badbaxtlik izzat –ikrom va sharaf bilan o’lish esa baxtdir!” Mana shu so’zlar shahidlarning shioridir. Har yili Muharram oyi kelgach, imom Husayn (alayhi salom) ning yorqin ibratga to’la hayoti odamlar ko’zi oldida gavdalanadi. Odamlar imom Husayn(alayhi salom) ning mana bu gapini eslaydilar: La’nati Yazid meni ikki yo’l orasida qo’yib qo’ydi: Biri- sharaf biri esa – xorlikdir. Lekin bizning xonadonimiz (Ahli bayt (alayhi salom)) hargiz xor-zorlikka yuz tutmas. Zero Alloh Taolo solih bandalarga xor bo’lib yashahsni harom qilgandir.

 
Ikkinchi qism PDF Print E-mail
Written by Hidoyat Tahririyat Guruhi   
 

IMOM HUSAYN (ALAYHI SALOM) NING INQILOBIY HARAKATINING AHAMIYATI

(Ikkinchi qism)

Bismillahir rohmanir rohim

 

Imom Husayn (alayhi salom) ning inqilobiy harakatining birinchi omillaridan biri Yazidning imom Husayn (alayhi salom) ni bay’at qilishga majburlagani edi. Muoviya tirikligida xotirjam bo’lish uchun imom Husayn (alayhi salom)dan o’gli Yazidga bay’at olishga Madinaga keldi. Lekin bu ishga muvaffaq bo’lolmadi. Muoviyaning o’limidan keyin Yazidning o’zi ham imom Husayn (alayhi salom) dan bay’at olishni istar edi. bay’at berish bu nafaqat xalifani tan olish ma’nosini bildirar edi, balki Muoviya va Yazidlarning o’rnatgan bid’atlarini tasdiqlash ham edi. Bunday bid’atlardan biri- bu xalifa o’zidan keyingi xalifani tayinlab ketishidir. Aslida esa xalifani xalq (ahli sunnat mazhabida) yoki payg’ambarimiz (صلي الله عليه و آله وسلم) tayinlaydilar. Boshqacha aytganda Muoviya va Yazidlarning xalifa haqidagi tutgan bid’atlari na sunniyula va na shialar tarafidan ma’qullanadigan yo’l emasdir. Binobarin imom Husayn (alayhi salom) dan bay’at qilishni talab qilganlarida hazrat “Yazidga bay’at qilganimdan ko’ra o’lganim afzaldir” degan edi. bu bosqichdagi imomning ko’rsatgan qarshiligi shariatga zid talabga rad javobini berishdan iborat edi. Lekin bu imom Husayn (alayhi salom) ning harakatining tanho omili emas edi. Yana bir omil yaxshilikka da’vat etish edi.

Muoviya o’limidan yigirma yil oldin hazrat Ali (alayhi salom) Kufada besh yil xalifalik qilgan edi. Kufaliklar hazrat Ali (alayhi salom) ning adolatini hali unutgan yo’q edilar. Muoviyaning o’limidan so’ng kufaliklar o’zaro maslahatlashib Yazidga bay’at bermaslikka uning o’rniga munosib odam imom Husayn (alayhi salom) deb hisoblab, imomga bay’at berishga qaror qilishadi. Ular mavqeatdan to’gri foydalanish kerak va Husayn (alayhi salom)ni Kufaga da’vat etish kerak. Shunda Kufani asta –sekin islom xalifaligining markaziga aylantiramiz, deb kelishishdi. Aslida Kufa harbiy lager bo’lgan edi. lekin Umat xalifaligi davrida Sa’d bin Abi Vaqqos bu shaharga asos solgan edi. Shundan keyin asta-sekin bu shahar xilofatning eng kuchli shahariga aylangan edi. Mana shu shahar aholisi imomni o’z shahariga da’vat qilgan edi. bunday maktublarning soni mungta yoki o’n mingta emas, balki o’n sakkiz mingta (!) edi. Bu maktublar ostiga taxminan yuz kishi imzo chekkanligini inobatga oladigan bo’lsak, imom Husayn (alayhi salom) ni da’vat etuvchilarning soni yuz mingtaga yetgan edi. Imom mana shu maktublarga qanday munosabatda bo’ldi? Musulmonlar bosh ko’tarishgan edi va imom bular oldiga borishga shoshilmog’i lozim edi. boshidan imom Husayn (alayhi salom) Kufa ahlining sust iymonli va qo’rqoq ekanligini bilar edi. Lekin agar imom ularning chaqirig’iga javob bermaganida edi tarix oldida nima deb javob bergan bo’lar edi. Agar imom kufaliklar chaqirig’iga manfiy javob berganida biz bugunga kelib, nima uchun imom ushanda ularga musbat javob bermadi?- deb so’rar edik.

Abbosiylarning xilofati davrida Vazir Ali Muhammad laqabi bilan mashhur bo’lgan Abu salama ibn Hallol Abbosiy xalifa bilan urushib qoldi. Abu Salama darhol ikki maktub yozdi. Birini imom Ja’far Sodiq (alayhi salom) ga va ikkinchisini esa imom Hasan (alayhi salom) ning nevaralari Abdulloh Mahdiyga jo’natdi. Maktubda har ikkalasini ham taxtga chaqirgan edi. “Men shu paytgacha xalifaga xizmat qilgan edim, endi esa sizlarni men birlashishga va xalifani taxtdan ag’darishga chaqiraman”deb yozilgan edi maktubda. Albatta bu ikki maktubni bir paytning o’zida ikki odamga aynan yozgan Abu Salama rostgo’y emasligi ko’rinib turibdi. Buning ustiga bu maktublarni xalifadan arazlagan paytda yozgan edi.

Imom Ja’far Sodiq (alayhi salom) mazkur maktubni olgach usha zahotiyoq choparning ko’zi o’ngida yoqib tashladi. Shunda chopar Abu Salamaga nima deb javob beray?- deb so’radi. Imom “men noma bilan nima ish qilganimni unga aytgin” dedi. Abu Salam chopar qaytgunicha o’ldirilgan edi. Shunga qaramay bugungi kunda ham “nima uchun imom Sodiq (alayhi salom) Abu Salamaning aytganini qabul qilmagan edi?”-deb so’rovchilar topiladi. Birinchidan, Abu Salam Hallol faqat bir nafar odam edi. ikkinchidan, u o’z maktubida rostgo’y emas edi (ikkita odamga bir xil xat yozgan edi), uchinchidan, Abu salama xat yozayotganida o’limga hukm qilinishini bilar edi, chunki Abbosiylar xalifasi uning xiyonatidan ogoh bo’lgan edi.

Agar imom Husayn (alayhi salom) yuz mingga yaqin kufaliklarning chaqiriqlariga manfiy javob berganida edi, tarix imomni ummaviylar sitamiga qarshi kurashmadi va bu bilan zolimlar hukumatining poydor qolishiga sabab bo’ldi deb ayblagan bo’lur edi.

Qiziq, qaysi biri avval bo’lgan edi? Imom avval bay’at qilishdan bosh tortgan va keyin kufaliklar xat yozganmi yoki aksincha, avval kufaliklar xat yozishganu keyin imom Yazidga bay’at qilishdan bosh tortganmi?

 

Tarixning guvohlik berishicha, avval imom Yazidga bay’at berishdan bosh tortgan edi. Zero Muoviya Madinaga kelib imomdan o’gli uchun bay’at olaman deb buning uddasidan chiqa olmagan edi. Chunki imom qarshilik qilgan edi. Muoviyaning o’limi bilan darrov chopar Madinaga kelib imom Husayn (alayhi salom) dan Yazid uchun bay’at olmoqchi bo’ldi. Bu paytda hali Kufa ahli Muoviyaning o’limidan boxabar bo’lishmagan edi. Madinadagi hukumat vakillari Imom Husayn(alayhi salom)nig oh tahdid bilan va gohan yaxshi gapirib bay’at qilishga undar edilar. Nihoyat Rajab oyining 27-kuni imom Husayn (alayhi salom) Madinani tark etdi. U Sha’bon oyining 3-kunida Makkaga yetib keldi. Kufa alidan olingan ilk maktublar esa ramazon oyining o’n beshinchi kuniga to’gri kelgan edi. Ya’ni bu paytga qadar Yazidning odamlari bay’at talab qilib bir yarim oy oldin murojaat qilishgan edi

Tabiat hodisalari bilan jamiyatdagi ro’y beradigan hodisalar orasidagi farq shundaki, tabiiy hodisalar bir yoqlama ahamiyatga ega bo’ladi, lekin jamiyatdagi voqealar ko’p qirrali ahamiyatga ega bo’lishi ham mumkin. Chunki jamiyat insonlardan tashkil topgandir va har bir inson farishtalarning ham , cho’chqaning ham, yo’lbarsning ham xususiyatini bir dvrning o’zida o’zida mujassam qilishi mumkin, (Bu haqda islom maorifining maxsus bobi shug’ullanadi). Imom Husayn(alayhi salom) ning inqilobi ko’p qirrali ahamiyatga ega bo’lganbuyuk tarixiy hodisa edi. biron harakat boshqa tasir kuchiga javob bo’lib yuzaga kelishi mumkin. Ana shu yuzaga kelgan harakatning o’zi ham boshqa harakatlarni yuzaga keltiruvchi omil bo’lishi mumkin. Agar ana shu harakat omillar tufayli yuzaga kelgan bo’lsa, u holda bu omillar bor ekan harakat ham davom etajakdir. Imom Husayn (alayhi salom) ning buyuk harakati ana shundaylardan hisoblanadi.

 
<< Start < Prev 1 2 Next > End >>

Page 1 of 2

 

 

 

Copyright © 2010 Hidoyat control managment! Inc. All rights reserved. Barcha ma'lumotlar "Hidoyat Tahririyati" ostida nazoratiga kiradi.